Домены хороши, когда их быстро запоминаешь.

Biz soat 9:00 dan 18:00 gacha dushanbadan-shanbagacha ishlaymiz. Tushlik vaqti 13:00 dan 14:00 gacha

Yordam


  • Domenni ko`chirishimdan so`ng sayt ishlaydimi?

    Domen nomini bir registratordan boshqa registratorga ko`chirish sizga va foydalanuvchilarga sezilmagan holda amalga oshiriladi.

     

  • Qanday qilib registratorni o`zgartirish va domen nomlarini «Arsenal D» ga o`tkazish mumkin?

       Domen nomlarini «Arsenal D» ga o`tkazish uchun, quyidagilarni bajarish lozim:

       1. Elektron manzil orqali UZ domeni Administratoriga, xizmat ko`rsatayotgan registratorga va «Arsenal D» kompaniyasiga domenlarga xizmat ko`rsatish «Arsenal D» kompaniyasiga o`tkazilishi haqida xat yozing.
       2. Domenning bir registratordan boshqa registratorga o`tkazilish vaqti 24 soatni tashkil etadi va domen «Arsenal D» tasarrufiga o`tkaziladi.
     

    UZ domeni administratori:     cctld@uzinfocom.uz
    «Arsenal D» kompaniyasi:              info@arsenal-d.uz

  • Domen uchun to`lov kuni bir necha kun avval o`tib ketdi. Domen ishlamayapti. Nima qilishim kerak?

    Domeningiz Uz zonasida ro`yxatga olingan va to`lov muddati o`tib ketgan bo`lsa, ayni vaqtda domen nomi bo`sh bo`lsa, domeningizni cho`zdirib berishimiz mumkin. Agar to`lov muddatidan ancha vaqt o`tib ketgan bo`lsa (bir necha hafta, oy) va domen nomi boshqa bir shaxs tomonidan sotib olingan bo`lsa, sizga hech ham yordam bera olmaymiz. Domen nomini ikkinchi marotaba faqatgina domen nomi bo`shagandan yoki uning egasi domen nomini bekor qilgandan so`ng sotib olishingiz mumkin bo`ladi.

    Agar domen nomini bizning kompaniyamizda ro`yxatdan o`tkazgan bo`lsangiz va muddat tugayotgan bo`lsa, kompaniyamiz sizning bundan keyingi maqsadingizni bilish uchun sizga bu haqida ma`lumot beradi. Agar domen nomini cho`zdirish kerak bo`lsa kompaniyamizga telefon, elektron manzil yoki xat orqali murojaat qiling.


  • Qaysi zonalarda siz domenlarni ro`yxatga olasiz?

    «Arsenal D» faqatgina Uz zonasi hududida ikkinchi darajali domen nomlarini ro`yxatga oladi.

  • Domenni ro`yxatga olinishi uchun qanday to`lov amalga oshirilishi kerak?

    Yuridik shaxslar uchun bank o`tkazish yo`li bilan va to`lov qabul qilinadigan istalgan bank bo`limlarida naqt pul to`lovi orqali amalga oshirilishi mumkin (aholi tomonidan pul to`lovini qabul qiladigan bank bo`limlarida).

  • Domen nomi kimning nomiga ro`yxatga olinadi?

    Domen nomi sizning nomingizga yoki tashkilotingiz nomiga ro`yxatga olinadi. Siz haqingizdagi ma`lumotlar domenni ro`yxatga olish uchun tuzilgan shartnomada ko`rsatiladi, shuning uchun registratsion formani to`ldirishda ularning to`g`riligiga e`tibor bering.

    Domen nomi delegirovaniya qilingandan so`ng, uning kimga tegishliligini aniqlash uchun hamma foydalanishi mumkin bo`lgan Whois xizmati orqali tekshirib ko`rishingiz mumkin bo`ladi.


  • Qaysi registrator orqali ro`yxatdan o`tkazasiz?

    «Arsenal D» Uz zonasida domenlarni ro`yxatga oladigan haqiqiy Registrator hisoblanadi va domen nomlarini mustaqil ravishda ro`yxatdan o`tkazadi.

  • Domen nomi qancha muddatga ro`yxatdan o`tkaziladi?

    O`rta hisobda ro`yxatdan o`tkazish to`lov o`tkazilgan vaqtga bo`gliq.

    O`rtacha to`lov o`tkazilgandan 1 - 8 soat davomida.


  • Domenning ro`yxatdan o`tish muddatini qanday cho`zish mumkin?

    Uz zonasida «Arsenal D» orqali ro`yxatdan o`tgan domenni, shartnoma tuzgan holda ro`yxatdan o`tish muddatini cho`zdirish mumkin.

  • Nima uchun mening domenim ishlamayapti?

    Agar domen nomini bizlarda ro`yxatdan o`tkazgan bo`lsangiz va bunga uncha ko`p bo`lmagan bo`lsa, demak sizning domeningiz barcha DNS bazalarida qayt etilishga ulgirmagan. DNS yangilangan vaqti haqida saytimizda o`qishingiz mumkin bo`ladi.

    Agar siz domen nomini bizda ro`yxatdan o`tkazmagan bo`lsangiz, u holda DNS ni o`zgartiring va barcha bazalarda o`zgartirilganicha kutib turing. Odatda bunga 12-24 soat kerak bo`ladi.


  • Domen nomini hostingga ega bo`lmasdan ham sotib olsa bo`ladimi?

    Siz «Arsenal D» kompaniyasidan domen nomlarini serverda sayt joylashtirmagan holda sotib olishingiz mumkin. Agar keyinchalik sizga hosting kerak bo`lsa, har doim sizga ma`qul bo`lgan xizmatlardan birini tanlab olishingiz va unda sayt joylashtirishingiz mumkin bo`ladi.

     

  • Domen aliaslari nima?

    Alias so`zi taxallus degan ma`noni beradi. Ya`ni ikkinchi nom. Masalan: sizda serverdagi bitta papkaga bog`langan ikkita superdomen.uz va ultradomen.uz domen nomlari mavjud. Ular domen aliaslari hisoblanadilar.


  • Whois-xizmati nima?

    Whois xizmati domen nomi egasi haqida ma`lumotlarni taqdim etadi. Ushbu xizmat ko`plab domen zonalarida amalga oshiriladi.

     

  • Domen nomini qanday qilib bekor qilsa bo`ladi?

    Domen nomi egasi (Administrator) talabiga ko`ra domen nomi bekor qilinishi mumkin (domen nomi Reestrdan o`chiriladi). Xizmat bekor qilinganidan so`ng pul mablag`lar qaytarilib berilmaydi. Domen nomini bekor qilish faqatgina domen nomining yuridik yoki jismoniy shaxslar haqiqiy a`rizasiga binoan amalga oshiriladi.

    A`rizada taqdim etilgan ma`lumotlar Registrator ma`lumotlar bazasidagi ma`lumotlar bilan mos kelishi kerak.


  • Menda domen nomi egasi ekanligimni tasdiqlaydigan hujjat bo`ladimi?

    Domen nomini ro`yxatga olish - domen nomi va domen egasi (Administrator) haqidagi ma`lumotlarni Internet tarmog`idagi domen ma`lumotlari bazasiga qo`shishdir, shartnoma tuzish orqali domen nomi egasini yuridik jihatdan tasdiqlaydi.

     

  • Kimdir mening domenimni olib qo`yishi mumkinmi?

    Ro`yxatdan o`tkazilgan domen nomini bekor qilish yoki domen nomini boshqa Administratorga o`tkazish faqatgina Administratorning a`rizasiga muvofiq yoki sud qarorining qonuniy kuchga kiritilishi bilan amalga oshiriladi.

    Domen nomi huquqini boshqa shaxs uchun taqdim etish (domen nomi egasini o`zgartirish) xato va aldovlardan holi bo`lgan jiddiy jarayon hisoblanadi.


  • Qanday qilib domen nomini o`zgartirish mumkin?

    Ro`yxatdan o`tkazilgan domen nomini o`zgartirib bo`lmaydi. Agar ro`yxatdan o`tkazilgan domen nomi talabingizga to`g`ri kelmasa, boshqa tanlangan domen nomi bilan boshqatdan ro`yxatdan o`tkazishingizga to`g`ri keladi.

     

  • Kim domen nomining egasi bo`ladi?

    Domen nomini ro`yxatga olishda shartnomada nomi ko`rsatilgan jismoniy yoki yuridik shaxs domen nomining egasi (administatori) hisoblanadi.

    Jismoniy shaxslar uchun barcha ma`lumotlar va yuridik shaxslar rekvezitlari to`g`ri ko`rsatilganiga e`tibor ber

     

  • Registrator kim?

    Ro`yxatdan o`tkazilgan domen nomlari haqida ma`lumotlarga ega bo`lgan ma`lumotlar bazasi yagona domen Reestri deb nomlanadi. Reestrni mas`ul organlar boshqaradi - Uz domeni administratori. Xizmatlarni ro`yxatdan o`rkazish uchun Administrator tomonidan akkreditatsiyaga ega bo`lgan jismoniy shaxs Registrator deb ataladi.

     

  • Qanday qilib domen nomini tanlash kerak?

    Domen nomini tanlashdan oldin domen nomini ro`yxatga olish uchun sayt mazmuni aniqlash zarur. Shaxsiy sahifani ochish uchun o`z ismingiz va familiyangizni tanlash tavsiya etiladi. Korporativ saytlar uchun kompaniya nomi yoki bo`lmasa, kompaniya shug`illanadigan faoliyat haqida ma`lumot beradigan nom domen nomi uchun tanlanishi maqsadga muvofiq bo`ladi. Agar kompaniya mashhur brend nomi bilan internetda o`z vakilligini ochishni istasa, ushbu brend nomiga mos keladigan domen nomini olish to`g`ri bo`ladi. Domen nomlarida kompaniyangiz faoliyati haqida ma`lumot beradigan kalit so`zlardan foydalanish ham samarador yo`llardan biri hisoblanadi. Har qanday sharoitda ham domen nomini tanlashda ularning oson esda qolish, ohangdorlik va yozilishdagi variantlarga doir muammolarga duch kelmaslikni ham inobatga olish zarur.

    Uz domen hududida domen nomini tanlashda birinchi navbatda respublikamiz foydalanuvchilari uchun ma`lumotlarni taqdim etishingiz kerakligini inobatga olishingiz va saytning ko`p tilligi rus tilida, ingliz tilida va boshqa tillarda so`zlashuvchilarni jalb qilish imkonini beradi.

    Agar siz istagan domen nomi band bo`lsa, tushkunlikka tushmang va boshqa domen nomlari haqida o`ylab ko`ring. Domen nomlarini ro`yxatga olish imkoniyatini beradigan formamizdan foydalangan holda domen nomining band emasligini va boshqa variantlarni tekshirishingiz mumkin bo`ladi.

     


  • Ro`yhatdan o`tkazish va delegirlash – farq nimada?

    Ro`yhatdan o`tkazish mobaynida, domen 2 bosqichdan o`tadi: ro`yhatdan o`tish va delegirlash. Ro`yhatdan o`tkazish jarayonida internetdagi domen ma’lumotlar bazasiga domen haqidagi axborotlar kiritiladi. Undan keyin keyingi bosqich – delegirlash keladi. Sizning domeningiz delegirlanilmaguncha, siz uni ko`rolmaysiz.

    Delegirlash domen ro`yhatdan o`tkazishning juda muhim bosqichi hisoblanadi, chunki sizning domeningiz delegirlangandan so`ng, u butulay ishga layoqatli bo`ladi, va siz uni internetda ko`ra olasiz. Qisqa qilib aytganda, delegirlash – bu ro`yhatdan o`tgan domeningizni faollashtirish.

  • «Arsenal D» da qanday qilib domen nomini ro`yxatdan o`tkazish mumkin?

    «Arsenal D» kompaniyasida domen nomini ro`yxatdan o`tkazish uchun:

       1. Saytning istalgan sahifasidagi forma orqali domen nomini tekshiring.
       2. Agar domen nomi band bo`lsa, uni hozircha sotib olish imkoni yo`q.
       3. Agar domen nomi band bo`lmasa, u holda saytda avtomatik ravishda bron qilish uchun va ushbu domen nomini sotib olish uchun forma taqdim etiladi.


  • DNS nima?

    DNS yoki Domain Name System - IP-manzillarda yoki TCP/IP tarmoqlarida domenlarning belgili nomlarini tashkil etish imkoniyatini beradigan domen nomi xizmati.

     

  • Domen nomi nima?

    Domen nomi – harflarning ma’lum ketma-ketligi bo`lib, saytning nomi yoki elektron pochtalarda ishlatiladigan nom. Domen nomi, lotin alifbosi yoki raqamlar bilan boshlanib, tugashi kerak. Orasidagi simvollar defis, lotin alifbosi, raqamlarga hos bo`lgan belgi bo`lishi mumkin.

    Misol uchun, hosting.arsenal-d.uz domen nomi uch tuzilmaviy qismdan, darajalar va ajratuvchi nuqtalar deb namlanadigan qismlardan iborat:

    uz – birinchi darajali domen nomi;

    arsenal-d – ikkinchi darajali domen nomi (.uz zonasida ikkinchi darajali domen)

    hosting – uchinchi darajali domen nomi (arsenal-d.uz zonasida uchinchi darajali domen)

    info@arsenal-d.uz elektron pochta manzilida domen nomi – arsenal-d.uz

    agar siz internetda o`z shaxsiy saytingizni joylashtirmoqchi bo`lsangiz yoki elektron pochtadan foydalanmoqchi bo`lsangiz – domen nomini bizda ro`yhatdan o`tkazing.



Освобожденные домены

  • 11vs11.uz
  • apkel.uz
  • apke.uz
  • allwash.uz
  • washgo.uz
  • dialzero.uz
  • samqsxb1.uz
  • lactinette.uz
  • midiana.uz
  • venividici.uz
  • ruxshanateks.uz
  • firfirdavsbek.uz
  • kapitalbankinvest.uz
  • uptodate.uz
  • al-mansur.uz
  • uluqi.uz
  • xn--entrumair-u3h.uz
  • bilimdonlik.uz
  • http1hospital-ibnsina.uz
  • sarvarkhan.uz
  • xn--alimovs-d36c.uz

Абонентский отдел

+998 71 150-21-52

+998 71 150-11-51

Наш адрес

г.Ташкент
ул. Батыра Закирова 19

Увеличить карту проезда

Оплатите
с помощью

Другие способы оплаты
Подарки пользователям
Только для
физических лиц